Akademiyada yig’ilish bo’lib o’tdi

О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 29-yanvardagi “О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etish uchun onlayn ariza yuborish axborot tizimidan foydalanish reglamentini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda akademiya rektorining 2025-yil 3-fevraldagi 04-04/2-i-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, talabgorlar va ularning ilmiy rahbarlari hamda akademiya mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish bо‘lib о‘tdi.

Akademiya rektori Sh.Toxtasimov yig‘ilish ishtirokchilarini buyruqlar va reglamentning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirib, talabgorlar va ularning ilmiy rahbarlari oldida turgan vazifalar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bо‘lgan ishlar bо‘yicha aniq kо‘rsatmalar berdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan