О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-yanvardagi 03/42-163-son xati hamda О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektorining 2025-yil 3-fevraldagi 04-04/1-i-son buyrug‘iga muvofiq akademiyada “Olima qizlar klubi” tashkil etildi.
14-fevral kuni “Olima qizlar klubi” faoliyatini yо‘lga qо‘yish bо‘yicha dastlabki yig‘ilish bо‘lib о‘tdi. Yig’ilishda klub faoliyatini samarali tashkil etish, xususan, ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi, maqsadi, vazifalari haqida ma’lumot berilib, kelgusida amalga oshirilishi zarur bо‘lgan tizimli ishlar yuzasidan kelishib olindi.