Xalqaro konsert dasturi

Kuni kecha «Turkiston» san’at saroyida Rossiya Federatsiyasida xizmat ko’rsatgan «Yeralash» xalq ijodiyoti jamoasi hamda “Deti magnitki” namunaviy xoreografik studiyasi ijrosidagi konsert dasturi bolib o’tdi.

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi yoshlar yetakchisi Hamroz Xalilov boshchiligida bir guruh akademiya talaba-yoshlari mazkur konsert dasturida ishtirok etib, ansambllarning raqs harakatlari, texnikasi, xalq sahna raqslarining ijro uslublari bilan yaqindan tanishdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan