«ZAR QADRINI ZARGAR BILAR» nomli zargarlik sanʼati ko‘rgazmasi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sultanova Rushana Ramilovna rahbarligida Xalqaro Ikuo Xirayama madaniyat karvonsaroyida bo‘lib o‘tayotgan «ZAR QADRINI ZARGAR BILAR» nomli zargarlik sanʼati ko‘rgazmasida bo’ldilar.

Usta hunarmandlarning nozik ishlari, nafis chiziqlar va oltinning jilosi sanʼatning naqadar serqirra ekanligini yana bir bor yodga soldi. Sanʼatkor uchun ilhom muhim va uni nafaqat harakatda, balki zargarlik naqshlari, shakl uyg‘unligi va detallar jozibasida ham topish mumkin. Haqiqiy sanʼatkor go‘zallikni har jihatdan his qiladi — xoh u raqs bo‘lsin, xoh mohirona sayqallangan gavhar.

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan