Akademiyada ilmiy-tadqiqot faoliyati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi yuzasidan muloqot bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha, 13-mart kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi prorektorlari ishtirokida “Xoreografiya pedagogikasi” va “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedralarining professor-o‘qituvchilari bilan ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot faoliyati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi yuzasidan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda fakulteti dekani, o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i va “Registrator ofisi” boshlig‘i tomonidan o‘quv jarayonida bevosita qo‘llanilayotgan meyoriy hujjatlar, talabalarning fanlardan o‘zlashtirish samaradorligi statistikasi, ularni qayta o‘qishini tashkil etish, “Hemis” tizimida baholash mezonlari mexanizmi tanishtirildi.

Uchrashuv yakunida professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga prorektorlar hamda tegishli mas’ullardan atroflicha javob oldilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan