Ma’rifat darslari

Oliy ta’lim tashkilotlarida talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kundalik axborotlardan o‘z vaqtida, muntazam xabardor etib borishga qaratilgan “Ma’rifat darslari” ta’sirchanligi va samaradorligini oshirish maqsadida, bugun, 19-mart kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Ma’rifat darsi” o’tkazildi.

Mashg’ulot О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiyaga rasmiy tashrifi va О‘zbekiston-Fransiya о‘rtasida tuzilgan hamkorlik aloqalari hamda joriy yilning 10-15-mart sanalarida mamlakatimizda rо‘y bergan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga bag‘ishlandi.

“Ma’rifat darsi” mashg‘ulotlari Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor R.R.Sultanova va “Xoreografiya san’ati” fakulteti dekani M.I.Xolmuradovalar tomonidan olib borildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan