Joriy yilning 18-19-mart kunlari O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi katta o’qituvchisi Madina Muxamedova hamda o’qituvchi Gulchexra Iskandirovalar Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabida bo’lib, taxsil olayotgan yoshlarning san’atga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, maktab o’qituvchi va o’quvchilarida musiqiy ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida mahorat darsi va targ’ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar.