Joriy yilning 24-mart kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Rushana Sultanova taklifi bilan, “Zamonaviy raqs” yo’nalishi 4-bosqich talabalarining ochiq nazorat darsida, ekspert sifatida Mukarrama Turg‘unboyeva shogirdlari, O‘zbekiston xalq artisti Ma’mura Ergasheva va Damira Sagirovalar ishtirok etishdi.
Akademiya pedagoglar guruhi qatnashgan mazkur ochiq nazorat darsida “O’zbek xoreografiya san’ati namunalari” fanidan talabalarning olgan bilim va ko’nikmalari tahlil qilindi.