О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-kurs tayanch doktoranti Tairova Yuliya “Qashqadaryo raqs san’atining hududiy xususiyatlari” mavzusi doirasidagi tadqiqotlarini amaliyotga joriy etish maqsadida, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida “Navro’z” umumxalq bayrami munosabati bilan о‘tkazilgan bayram tantanalarida ishtirok etdi. Bu esa vohaning oilaviy, mavsumiy va ommaviy bayram tadbirlarida о‘tkaziladigan turli marosimlar, odat va an’analarda raqsning о‘rni, ayniqsa, Qashqadaryoning hududga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, bayram tadbirlari hamda mavsumiy marosimlarda raqsning ahamiyatini tadqiq etishiga katta imkon bо‘ldi.