O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi «Xoreografiya pedagogikasi» va «Xoreografiya jamoalari rahbari» kafedralari o‘qituvchilari Boreyko Alevtina Aleksandrovna hamda Useinova Susanna Enverovna bugun, 28-mart kuni Respublikamiz poytaxtida, “Seul” Koreya madaniyati va san’ati saroyida «PEREZAGRUZKA» nomli xalqaro raqs ko’rik-tanlovida hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etishdi.