2025-yilning 10-13 aprel kunlari Chelyabinsk davlat madaniyat institutida “Yevrosiyo makonida raqs madaniyatlarining oʻzaro taʼsirining zamonaviy jihatlari” III Xalqaro forumi boʻlib oʻtdi. Forum Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80 yilligi, Vatan himoyachilari yiliga bag‘ishlanib, madaniyat va san’at sohasida millatlararo hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
2025-yil 11-aprel kuni III Xalqaro forum doirasida “Zamonaviy xoreografiya san’ati va ta’limining dolzarb muammolari: mahalliy an’analar va xalqaro amaliyot” mavzusida Xalqaro ilmiy-ijodiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor, O’zbekiston xalq artisti Sultanova Rushana Ramilovna “O‘zbekistonda xoreografiya san’ati: meros va zamonaviylik” mavzusida onlayn tarzda ma’ruza qildi.
Anjumanda ishtirokchilar xoreografik ta’lim va ta’limda raqs madaniyatini professionallashtirish, badiiy-estetik tarbiya muammolari, fuqarolik mas’uliyati va milliy bag‘rikenglik, tarixiy voqealardan kelajak avlodlar uchun meros proyeksiyasi namunasi sifatida foydalangan holda vatanparvarlik ongini shakllantirish masalalarini muhokama qildilar.