“Qizilqum san’at g’unchalari – 2025” bolalar ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi

#Navoiy_ko’rik_tanlov 
#Xizmat_safari

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor, O’zbekiston xalq artisti Sultanova Rushana Ramilovna 17-20-aprel kunlari xizmat safari bilan Navoiy viloyatida bo’lib, “XVII Qizilqum san’at g’unchalari” Bolalar festivali doirasida bo’lib o’tgan “Qizilqum san’at g’unchalari – 2025” bolalar ko’rik-tanlovida hay’at a’zolari tarkibida ishtirok etdilar.

Viloyatning turli burchaklaridan tanlovda ishtirok etish uchun yetib kelgan bolajonlar uchun ushbu festival Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan tashkil etilib, kombinat qoshida ochilgan “Farxod” madaniyat saroyida tantanali o’tkazildi.

Ko’rik-tanlovning yana bir e’tiborli jihati, akademiyaning sobiq bitiruvchilarining o’z jamoalari bilan tanlovda faol ishtiroki va g’oliblik sari bellashuvlari tadbirga o’zgacha ko’tarinki ruh bag’ishladi. Yuqori kayfiyatda o’tkazilgan tadbir so’ngida, barcha hay’at a’zolari NKMK rahbariyati tomonidan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan