“Xalqaro turk dunyosi davlat balet maktablari Anqara festivali” boʻlib oʻtdi

2025-yilning 28-aprel-2-may kunlari Turkiya Respublikasi poytaxti Anqara shahrida turkiy davlatlar xoreografiya sanʼatiga bagʻishlangan “Xalqaro turk dunyosi davlat balet maktablari Anqara festivali” boʻlib oʻtdi. Tadbir mamlakatning musiqa va raqs ta’limi sohasidagi yetakchi ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Hachettepe universitetida joylashgan Anqara davlat konservatoriyasida bo‘lib o‘tdi.
 
Festival turkiy mamlakatlardan xoreografiya ta’lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilar va o‘quvchi-talabalarni birlashtirib, milliy an’analarni namoyish etish, professional va madaniyatlararo muloqot uchun muhim maydonga aylandi.

Mazkur xalqaro festivalda O‘zbekiston Respublikasidan – O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich, “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi o‘qituvchisi Useinova Susanna Enverovna va “Xoreografiya jamoalari rahbari” yo‘nalishi I-bosqich talabasi Valieva Sevinch ishtirok etdilar.

Festival doirasida TURKSOY – Turk madaniyati xalqaro tashkiloti, Turk dunyosi balet va xoreografiya ta’lim muassasalari rahbarlari yig’ilishi bo‘lib otdi. Unda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Sh.M.Toxtasimov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan