“Xalqaro oila kuni”ga bag’ishlab, “Oila muqaddas” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Bugun O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi tashabbusi bilan 15-may “Xalqaro oila kuni”ga bag’ishlab, “Oila muqaddas” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Tadbirda akademiyaning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, O‘zbekiston xalq artisti Sultanova Rushana Ramilovna talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

U talaba qizlarga pedagog-xoreograf va raqqosa sifatida mustahkam oila qurish, ayni vaqtda o‘z ijodiy faoliyatini davom ettirish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida so‘zlab berdi hamda o‘zining hayotiy tajribasi va ko‘p yillik ijodiy faoliyatiga tayanib, qizlarga foydali tavsiyalarni berdi.

Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, oilaviy qadriyatlar, kasbiy mas’uliyat va san’atkor ayolning hayotdagi o‘rni haqida chuqur mulohazalar yuritildi.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan