Karyera kuni – Ochiq eshiklar kuni

Bugun, 20-may kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida qator yetakchi ish beruvchi tashkilot va muassasalar hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda akademiya talaba-yoshlari, bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalariga qaratilgan “Karyera” mehnat yarmarkasi hamda “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

Bunday mehnat yarmarkalarini о‘tkazishdan kо‘zlangan maqsad talabalarni mehnat bozoriga olib kirish hamda kelajakda о‘z mutaxassisliklari bо‘yicha samarali mehnat faoliyatini olib borib kelgusida jamiyatimiz ravnaqi uchun munosib hissa qо‘sha oladigan raqobatbardosh kadrlar bо‘lib yetishishlariga zamin yaratishdan iboratdir.
Mehnat yarmarkasiga Toshkent shahar Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova tashrif buyurib, akademiyaning yetakchi ish beruvchi tashkilotlari xususan, О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizim tashkilotlari, Toshkent shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi va uning hududiy bо‘limlari va boshqa bir qator manfaatdor tashkilotlar о‘zlarida mavjud bо‘lgan bо‘sh ish о‘rinlari bilan ishtirok etish jarayonlari bilan tanishdilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan