Ilmiy amaliy anjuman

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil3-iyul “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-200-son qarori 9-bandi va О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq, joriy yilning 21-may kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Nomoddiy ma’naviy meros vamilliy qadriyatlarni abadiylashtirishda madaniyat vasan’atning о‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

Anjumanning yalpi yig‘ilishida akademiya rektori, professor Shuxrat Toxtasimov anjuman ishtirokchilariga о‘z tabrigini yо‘lladi.

Shuningdek, akademiya birinchi prorektori, professor Rushana Sultanova “Viloyat Oqilova ijodining shakllanishi” mavzusida ma’ruza qildi.

Akademiyaning о‘ndan ortiq professor-о‘qituvchilari anjumanning shо‘ba yig‘ilishlarida ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan