Xalqaro anjuman – Mahorat darsi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida o‘ndan ortiq davlat vakillari ishtirokida “О‘zbekiston
va jahon xalqlarining madaniy hamkorlik istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman (https://t.me/uzdxa_official/16762) bo‘lib o‘tdi.

Anjuman doirasida xorijlik mehmonlar uchun o’zbek milliy raqs maktablaridan, Farg’ona, Buxoro va Xorazm sahna raqs maktablarining raqs holatlaridan mahorat darsi tashkil qilindi.

Mahorat darsi “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi katta o‘qituvchisi, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jalilova Shirin Shuxratovna tomonidan o’tkazildi.

🇷🇺Anjumanda shuningdek, xorijlik mehmonlarimizdan Moskva davlat madaniyat instituti xoreografiya fakulteti dekani, madaniyatshunoslik fanlari nomzodi, Xalqaro xoreograflar ittifoqi a’zosi Anastasiya Sergevna Butsan ham “Rus xalq sahna raqsi” bo’yicha mahorat darsini taqdim etdi.
Videolavhalarni XJR 1-bosqich talabasi Shamuratova Aymeken tayyorladi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan