Bugun, 30-may kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Olima qizlar klubi”ning navbatdagi yigʻilishi bо‘lib о‘tdi.
Yigʻilishda Davlat stipendiyalariga nomzod talaba qizlarning tayyorgarliklari masalalari haqida maʼlumotlar va tavsiyalar berib oʻtildi.
Shuningdek, startap loyihalar ishlab chiqish boʻyicha kelgusida oʻtkaziladigan seminar trening rejalashtirilib olindi. Yigʻilishda klub raisi K.Paxrudinova axboroti hamda klub faollari: A.Moʻminova, S.Djuraqulova, Sh.Erkinboyeva, E.Trashkova va R.Axmedovalarning ma’ruzalari tinglandi. «Olima qizlar klubi» tomonidan kelgusida bajarilishi kerak boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan kelishib olindi.