Teatr – Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari

Kuni kecha, 11-iyun kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 4-bosqich bitiruvchi talabalari ishtirokida Muqimiy nomidagi o’zbek davlat musiqali teatrida “Baletmeysterlik san’ati” mutaxassisligi fanidan yakunuy davlat attestatsiya imtihonlari: Abdulhamid Cho’lponning «Kecha va kunduz» romani asosida sahnalashtirilgan «SO’LG’IN» nomli milliy spektakl, rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin ijodiga bag’ishlangan «Rus she’riyati quyoshi» zamonaviy xoreografik spektakl hamda taniqli xonanda Uitni Xyuston hayoti va ijodiga bag’ishlangan «Qo’shiqlarda yashayman» nomli zamonaviy raqs spektakllari namoyish etildi.

Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Tadjixanov Avazxon Baxadirovich hamda Mo’g’ulistonning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Daadankhuu Batbaatar, Mo’g’uliston elchixonasi ma’muriy va texnik xodimi Ulaankhuu Otgonbayar, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi birinchi kotibi Nanieva Alla Borisovnalar tashrif buyurdi.

Akademiyaning bitiruvchi talabalari tomonidan taqdim etilgan yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari komissiya a’zolari tomonidan ijobiy baholandi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan