Kasbiy kitobxonlik uchrashuvi

2025-yil 15-may kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Mazkur tashabbus doirasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida kasbiy kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida tyutor Saltanat Sultanova xoreografiya yo‘nalishiga oid mualliflik adabiyotlarini taqdim etdi hamda ularning mazmuni va ahamiyati haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, Axborot-resurs markazi rahbari Malohat Po‘latova markaz fondiga yangi qabul qilingan badiiy va kasbiy adabiyotlar bilan ishtirokchilarni tanishtirib, ularni mutolaa qilishni tavsiya etdi.

Ushbu tadbir talabalarda kasbiy savodxonlik va kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan