Kuni kecha O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 70211601-Xoreografiya san’ati va xoreografiya (“Xoreografiya jamoalari rahbari”) mutaxassisligi magistrlarining himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Himoya quyidagi attestatsiya komissiyasi a’zolari ishtirokida o‘tkazildi: Komissiya raisi – S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinemotografiya instituti Toshkent filiali katta o‘qituvchisi, baletmeyster Do‘smetova Ra’no Arziqulovna;
Rais o‘rinbosari – “Xoreografiya san’ati” fakulteti dekani, falsafa fanlari doktori (PhD) Xolmurodova Mexrinisa Ibraximovna;
Tashqi a’zo – O‘zbekiston xalq artisti, “Shodlik” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari Mo‘minov Qodir Tashkenovich;
Tashqi a’zo – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Xoreografiyaga ixtisoslashgan maktab-internati o’qituvchisi Kaxxarov Erkin Alimovich;
A’zo – “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi mudiri, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Gulasal Usmonova Normuhammad qizi.
Komissiya kotibasi – O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i, “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi o’qituvchisi Dosjanova Dilafruz Kaxramonovna.
Akademiya jamoasi nomidan bitiruvchi magistrlarga kelgusidagi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!