O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Rushana Sultanova boshchiligida psixolog Ra’no Xolmatova hamda tyutor Risolat Axmedovalar Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 328-maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan yozgi lager ishtirokchilari bilan psixologik treninglar, qiziqarli intelektual o‘yinlar hamda motivatsion suhbatlar o‘tkazdilar.
Bunday tadbirlar maktab o‘quvchilarining fikrlash doirasini kengaytirish, ijtimoiy faolligini oshirish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgandir. Treninglar davomida yoshlar stressni boshqarish, muammolarni hal etish hamda samarali muloqot strategiyalarini o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar.