Bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari yangi o’quv yilining muhim voqealaridan biri — Mustaqillik bayrami tadbirlarida ishtirok etish maqsadida Talabalar turar joyiga joylashishni boshladilar.
Talabalar turar joyi (TTJ) mudirasi N.Safayeva tomonidan yoshlar yotoqxonada yashash tartibi, ichki qoidalar va gigiyena talablariga oid zaruriy ma’lumotlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, barcha talabalar akademiya hamshirasi tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.