О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 8-avgust kuni о‘tkazilgan Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi va О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 13-avgustdagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligi monitoringini samarali tashkil etish tо‘g‘risida”gi 299-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida,
21-avgust kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2024-2025 О‘quv yili bitiruvchilarining bandligini ta’minlash hamda doimiy monitoringini olib borish bо‘yicha akademiya rektori Sh.Toxtasimov boshchiligidagi mas’ullar yig‘ilishi о‘tkazildi.
Yig‘ilishda bandlikni ta’minlash xususida tuzilgan shtab a’zolariga maqsadli topshiriqlar berildi.