Joriy yilning 19-20 avgust kunlari Samarqand shahrida Respublika ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Istiqlolning 34 yilligiga bag‘ishlab «Ijod forumi» o‘tkazildi.
«Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» degan g‘oyani o‘zida mujassam etgan mazkur forumda (https://t.me/BuxVKOMK/122) O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi «San’at nazariyasi va tarixi» kafedrasi professori v.b., filologiya fanlari doktori (DSc), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi H.Hamroyeva «Yosh qalamkashlarning iste’dodini yuzaga chiqarish va kamol toptirish bo‘yicha umummiqyosida shakllangan an’analar, bu boradagi yo‘l- yo‘riq va tavsiyalar» mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi.