DIQQAT! TALABALAR UCHUN ONLAYN KONFERENSIYA E’LON QILINDI!

“San’at  va  adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar”  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 fevralda  e’lon qilingan “Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida ko‘zda tutilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida  O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi  Moskva davlat Lingvistika universiteti, Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti, Respublika Ma’naviyat  va ma’rifat markazi  hamda  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan vebsayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusidagi loyiha doirasida   «San’at va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar”  Xalqaro ilmiy-amaliy  talabalar onlayn konferensiyasini  e’lon qiladi.

Onlayn konferensiya 2021  yil  27 mayda  o‘tkaziladi. Unda talabalar  va  magistrlar   quyidagi yo‘nalishlardagi maqolalari  bilan ishtirok etishlari mumkin:

👉 Madaniyatshunoslik va ma’naviyatshunoslik: madaniyat tarixi va nazariyasi; milliy raqs san’ati va etnografiya; globallashuv sharoitidagi madaniy jarayonlar;  raqs san’ati: milliy va umumbashariy qadriyatlar; milliy raqs san’atining targ‘iboti;

👉 Adabiyotshunoslik va tilshunoslik: o‘zbek adabiyoti tarixi; zamonaviy adabiy jarayon; o‘zbek adabiyotida “ustoz – shogird” an’analarining ahamiyati; terminologiya; til va uslub muammolari; notiqlik san’ati; lingvomadaniyatshunoslik;

👉 San’atshunoslik:  milliy  raqs va zamonaviy O‘zbekiston san’atining dolzarb masalalari;  an’ana va zamonaviylik uyg‘unligi; yangi ijodiy oqim va jarayonlar; bolalar  folklor raqslari; milliy raqs san’ati va qadriyatlar integratsiyasi.

👉 Matbuot hamkorlarimiz: O‘zMTRK  “O‘zbekiston” teleradiokanali, Madaniyat.uz. sayti, “Raqs olami” gazetasi.

Barcha ishtirokchilar SERTIFIKAT   bilan taqdirlanadi;

👉 Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz  tillarida 2021 yil   20 maygacha  qabul qilinadi; Ularning qaysi yo‘nalishga oid ekanligi ko‘rsatilishi shart;

👉  O‘zbek milliy raqs tarixi, bolalar folklor raqslari, raqs maktablari haqidagi maqolalar  alohida rag‘batlantiriladi; ( Mualliflar  diplom hamda yangi kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi.)

👉 Maqolalar tumaris.azam@mail.ru elektron pochtasi va  +99897 448-87-78,  +99891 166-55-40 (Dilafruz); +99891 604-76-98; (Ro`zaxon) telegram raqamlari orqali qabul qilinadi.

👉 Maqolalar quyidagi talablarga javob berishi shart:

format A4, hajm – 3–5 bet, “MS Word”, shrift “Times New Roman”(pt), interval 1,5.Annotatsiya, kalit so‘zlar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bo‘lishi kerak. Namuna:

San’atshunoslik

O‘ZBEKISTON  XALQ  ARTISTI  GAVHAR  MATYOQUBOVANING IJOD LABORATORIYASI

Gulmira Qurbonova,

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

                                              san’atshunoslik yo‘nalishi 3 – kurs talabasi

                                                          Ilmiy rahbar – fil.f.n. H.Hamroeva.

Annotatsiya

Kalit so‘zlar

Matn matn matn matn matn matn matn matn matn matn matn matn

Foydalanilgan adabiyotlar:

Konferensiya talablariga javob bermaydigan maqolalar chop etilmaydi.

 

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan