Bugun tug‘ilgan kun – Ozodbek Nazarbekov

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 1974 yil 7 mayda Andijon viloyati Shahrixon tumanida tug‘ilgan.

Ozodbek Nazarbekov 2007 yil O‘zbekiston davlat san’at institutini tamomlagan. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekov mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli vokalchi xonandaligidan boshlagan.

Bir necha yil O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari qo‘mitasi qoshidagi Ashula va raqs ansambli xonandasi, keyinchalik O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati direktori, bosh prodyuseri lavozimida ishladi. Ayni paytdagi vizifasiga tayinlanganga qadar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish olib borgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan