#Tabrik
#Mustaqillik_34_yil
“Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun”
Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar va qadrli yurtdoshlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘, eng qadrli ne’mati, milliy o‘zligimiz, orzu-umidlarimiz va kelajak avlodlar baxt-saodatining mustahkam kafolatidir. Shu yillar davomida mamlakatimiz barcha sohalarda, xususan, san’at va madaniyat rivojida yuksak marralarga erishib, xalqaro miqyosda ham o‘zining mustahkam o‘rnini egallab bordi.
G‘urur bilan aytish mumkinki, bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi ham shu jarayonning faol ishtirokchisiga aylandi. Akademiyamiz san’atga mehr qo‘ygan yosh avlodni tarbiyalash, ularni milliy va jahon sahnalariga olib chiqishdek sharafli vazifani ado etib kelmoqda. Siz, aziz talabalarimizning iste’dodi va ijodiy izlanishlari yurtimizning yorqin kelajagini belgilab beradi.
Ushbu aziz va quvonchli bayram kunlarida biz ona Vatanimizga sadoqat, tinchligimiz va farovonligimizni asrash, bunyodkorlik yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishdek ulug‘ maqsadlarga yanada qat’iy bel bog‘laymiz.
Barchangizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan yana bir bor tabriklab, har bir xonadoningizga tinchlik, fayzu baraka, omad va baxt tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida hamjihatlikda yelkama-yelka mehnat qilish barchamiz uchun eng katta sharafdir.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, azizlar!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Sh.M.Toxtasimov.