Zakovat ilm-fan

Mustaqilligimizning 34-yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida bo’lib o’tgan “Zakovat” intellektual o‘yinida institut harbiy xizmatchilarining turmush o‘rtoqlari va Qurolli Kuchlar xodimlari qatorida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyas 1- kurs tayanch doktoranti Tairova Yuliya ham jamoa tarkibida ishtirok etdi.

Jamoalar murakkab masalalarni yechish va savollarga javob berish orqali bilimdonlik, zukkolik va birdamlikni namoyish etdilar. Yorqin, jamoaviy ruhni mustahkamlovchi, intellektual qobiliyatlarni rivojlantiruvchi va iliq, do’stona muhit yaratgan tadbir so’ngida barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan