Bugun, 10-sentyabr kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2025/2026-o’quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun, “Kredit-modul haftaligi” doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqida 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi 117-son buyrug‘i bilan tanishish va grantlarni qayta taqsimlash yuzasidan GPA bali va ijtimoiy faollik bo‘yicha 2025/2026-o‘quv yili davomida ballarni yig‘ib borish to‘g‘risida “Xoreografiya san’ati” fakulteti dekani, dotsent, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mexrinisa Xolmuradova va mas’ullar tomonidan seminar-trening o’tkazildi.