Kredit modul haftaligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 22-avgustdagi 321-son buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida, 3-sentyabrdan 2025-2026 o‘quv yilining 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit ta’limi tizimiga kirish” haftaligi doirasida O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig’Ii D.Dosjanova tomonidan “Kredit tizimi: mening o‘quv yuklamam va shaxsiy javobgarligim” mavzusi doirasida seminar-trening o‘tkazildi.

🫥 Mazkur seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 824-son qarori talabalarga tushuntirilib, kredit-modul tizimida ta’lim olish va kreditlarni to‘plash, auditor mashg’ulotlar, mustaqil ta’lim mashg’ulotlarining farqi, sillabuslar, fanga ajratilgan yuklamalar hamda o‘quv yili uchun shakllantirilgan o‘quv jarayononining jadvali haqida infografika, savol-javob, real-life misollari orqali talabalarga ma’lumot berildi.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan