Ma’naviy meros bilan tanishuv

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi birinchi bosqich talabalari ma’naviy-ma’rifiy dastur doirasida yoshlar murabbiysi Saltanat Sultanova va yoshlar yetakchisi Hamroz Xalilov boshchiligida 1937-yilda tashkil etilib, 10 mingdan ortiq eksponatga ega O‘zbekiston respublikasi amaliy san’at muzeyida bo’ldilar.

Yog‘och o‘ymakorligi, keramika, zargarlik, zardo‘zlik san’ati namunalari bilan yaqindan tanishdilar, shuningdek XIX asr oxiriga mansub binoning betakror me’moriy bezaklari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan