“Xon atlas” millat ko’rki

Xalqimizning sharqona nafosatiyu rang-barangligi bilan milliyligimizni tarannum etuvchi “Xon atlas” oyligi doirasida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Axborot-resurs markazida “Kitob va raqsda milliy ranglar” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Yosh avlodga milliy va ma’naviy qadriyatlarni yetkazish, kiyinish madaniyati, odob-ahloq qoidalariga rioya qilish borasida, boy madaniyatimizni kitob hamda raqs orqali keng targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirda shuningdek, “Xon Atlas” mavzusidagi qiziqarli viktorina ham o‘rin oldi.

Kuy-qo’shiqlar, dilbar raqslar uyg’unligida bo’lib o’tgan tadbir yakunda faol ishtirokchilar “Tashakkurnoma” va kitoblar bilan taqdirlandilar.

 

Vidoeni ko’rish havolasi: https://t.me/uzdxa_official/18818

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan