Yurtimizda aholining keng qatlamlari, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda ularning barcha sohalarda faoliyat yuritishlari uchun zaruriy sharoitlar yaratish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xuddi shu maqsadda, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “Bahor” davlat xalq raqs ansambli bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun xalq raqslari bo‘yicha kurslarni tashkil etmoqda.
Imkoniyati cheklangan shaxslarni ushbu kurslarga taklif etamiz.
• Manzil: Temiryo‘lchilar Madaniyat saroyi
• Davomiyligi: 3 oy
• Darslar: har chorshanba va juma kunlari soat 14:30 dan 15:30 gacha bo‘lib o‘tadi.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 12-oktyabr
Batafsil videoni ko’rish: https://t.me/uzdxa_official/18910