O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 5-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida 45 nomdagi xorijiy adabiyotlar tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi.
2025/2026-o‘quv yilidan boshlab ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan mazkur adabiyotlarning 1 nomdagi “Xoreografiya asoslari” kitobi 10 nushada O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Axborot-resurs markazi fondini yangi adabiyot bilan boyitdi.
Ushbu tarjima qilingan manbalar professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanayotgan tadqiqotchilar hamda talabalar uchun muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.