QS Eurasia–2025 forumi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-noyabrdagi 460-sonli buyrug‘iga muvofiq, joriy yilning 25–26-noyabr kunlari Markaziy Osiyo universitetida “QS Yevrosiyo forumi 2025” o‘tkaziladi.

Forum doirasida Yevrosiyo mintaqasida oliy ta’limning global integratsiyasi, xalqaro reyting tizimlari bilan hamkorlikni kengaytirish, ta’lim xizmatlari eksporti va investitsion imkoniyatlarni oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Forumda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish QSning rasmiy veb-sayti orqali (https://portal.qshesummits.com/event/7ace836f-f37a-4c90-91e2-210c86b86c3e/home) amalga oshiriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan