«Balet — mening hayotim va taqdirim»

Kuni kecha, 30-yanvar kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professori, O’zbekiston xalq artisti, atoqli balerina va pedagog, O‘zbekiston balet san’atining yorqin namoyandasi va tirik afsonasi Qoriyeva Bernara Rahimovna yubileyiga bag‘ishlangan «Balet — mening hayotim va taqdirim» mavzusida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni akademiya rektori Shuxrat Toxtasimov tabrik so’zi bilan ochib, Bernara Qoriyevaning milliy va klassik xoreografiya rivojiga qo‘shgan hissasi hamda ko‘p yillar davomida samarali pedagogik faoliyat olib borib, o‘zining boy kasbiy tajribasini akademiya talabalariga yetkazib kelayotganligi haqida aytib o’tdi.

Shuningdek, yubiley kechasi doirasida mavzuli foto ko‘rgazma tashkil etilib, balerinaning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan videolavha, akademiya talabalari va ijodiy jamoalar ijrosida turli xoreografik yo‘nalishlarda konsert dasturi taqdim etildi.

Yubilyarni 90-yoshi bilan qutlash uchun uchun A.Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri vakillari, taniqli san’at arboblari, xalq va xizmat ko‘rsatgan artistlar, professor-o‘qituvchilar, hamkasblar va shogirdlar tashrif buyurib, samimiy ehtirom va ezgu tilaklarini bildirdilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan