“YANGI OʻZBEKISTON YoSHLARI: ONA TILIM – JONU DILIM” Xalqaro ilmiy-maʼrifiy onlayn anjumani boʻlib oʻtdi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston milliy universiteti hamda Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamkorligida   “YANGI OʻZBEKISTON YoSHLARI: ONA TILIM – JONU DILIM” Xalqaro ilmiy-maʼrifiy onlayn anjumani tashkil etildi.
Ushbu anjumanda akademiyaning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori, professor N.Qosimov, “Sanʼat nazariyasi va tarixi”kafedrasi mudiri, san.f.n. P.Tashkenboyev va katta oʻqituvchi, fil.f.n. H.Hamroyevalar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, anjuman badiiy qismida “Sanʼat nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti v.b. Sh.Umarov tomonidan ijro etilgan milliy qoʻshiqlarimiz anjuman ishtirokchilariga hush kayfiyat ulashdi.
Yoshlar kuni bayrami arafasida tashkil etilgan Ona tilimiz targʻiboti yoʻlidagi mazkur ilmiy-maʼrifiy anjuman koʻtarinki kayfiyat va yuqori saviyada boʻlib oʻtdi.

     

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan