Kuni kecha О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 11-fevral — Xalqaro ilm-fandagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Xotin-qizlarning madaniyat va san’at sohasidagi ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishning zamonaviy imkoniyatlari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bо‘lib о‘tdi.
Mazkur tadbirda respublikada madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, yetuk olima va ijodkor ayollar bilan bir qatorda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha birinchi prorektori, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Nargiza Alimova, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali professori, О‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova, akademiya professori v.b., filologiya fanlari doktori (DSc) Hulkar Hamroyeva, akademiya bо‘lim boshlig‘i, pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) Shaxzoda Xudoynazarova, akademiya Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslaxatchisi Muxlisa Jо‘rayevalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida xotin-qizlarning madaniyat va san’at sohasidagi ilmiy izlanishlari, ijodiy yutuqlari va innovatsion tashabbuslari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.







