Joriy yilning 10-11-fevral kunlari O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida respublikamiz oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari uchun “Yangi O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari hamda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari (https://t.me/iiau_official/38942) tashkil etildi.
Mazkur o‘quv kurslarida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Alimova Nargiza Sagdullayevna ham ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlar davomida mamlakatimizda so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, diniy bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.


