O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tayanch doktoranturasining 2-bosqich doktoranti Tairova Yuliya xotin-qizlarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi faolligini oshirishga qaratilgan “Ayol-innovatorlar: ko‘plab ovozlar — yagona kelajak” shiori ostida «Women in STEM – 2026» xalqaro forumida ishtirok etdi.
Mazkur tadbir Xalqaro ilm-fandagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan tashkil etildi. Forum O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, O‘zkimyosanoat aksiyadorlik jamiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
♾ Dastur doirasida ilmiy sohada gender tengligini ta’minlash, tadqiqotlar samaradorligini oshirish, innovatsion salohiyatni rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
«Women in STEM – 2026» forumi ayollarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi tobora ortib borayotgan nufuzini yana bir bor tasdiqladi hamda yosh tadqiqotchilar bilan tajribali xalqaro mutaxassislar o‘rtasida samarali muloqot va tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.


