2-IYUL – OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUN

Joriy yilning 2-iyul kuni Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamkorligida 2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan “Davlat gerbi – iftihor belgisi” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Ushbu tadbirda akademiyaning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori, professor N.Qosimov tomonidan ishtirokchilarga davlat ramzlari, ularning davlat boshqaruvidagi oʻrni, gerbning milliy, siyosiy, ijtimoiy xususiyatlari, joʻgʻrofiy va boshqa belgilarini shartli ravishda ifodalaydigan tamgʻa-belgi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan