O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Madina Muxamedova tashabbusi bilan XJR-101 guruh talabalari uchun O‘zbekiston xalq artisti, mohir raqqos, tajribali baletmeyster, “Shodlik” ansambli badiiy rahbari va bosh baletmeysteri Qodir Mo‘minov ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv davomida san’at ustasi o‘zining boy ijodiy faoliyati, milliy raqs san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi, sahna madaniyati hamda baletmeysterlik mahoratining nozik jihatlari haqida atroflicha so‘z yuritdi. Talabalar bilan ochiq muloqot ruhida kechgan tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi, ustozning hayotiy va kasbiy tajribasidan ilhomlandilar.
Uchrashuv samimiy, qizg‘in va savol-javoblarga boy tarzda o‘tib, talabalarning kasbiy dunyoqarashini kengaytirish, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Bunday ijodiy muloqotlar yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni yuksak mahorat sari ruhlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.


