Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lida tizimli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
Bugun, 22-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Madina Muxamedova hamda kafedra o‘qituvchisi Gulchexra Iskandirova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi Jizzax viloyati Do‘stlik tumani madaniyat bo‘limida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.
Mazkur faoliyat doirasida yoshlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Olib borilayotgan targ‘ibot ishlari hudud yoshlari o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otib, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.



