Korrupsiyaga qarshi madaniyatni yuksaltirish — ustuvor vazifa!

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida talaba-yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillarini keng targ‘ib etish maqsadida joriy yilning 24-aprel kuni Toshkent davlat yuridik instituti professori Feruza Muxitdinova ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olishning samarali mexanizmlari, shuningdek, yoshlar o‘rtasida halollik, shaffoflik va qonun ustuvorligi tamoyillarini qaror toptirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Professor Feruza Muxitdinova o‘z ma’ruzasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida milliy qonunchilik asoslari, amaliy tajriba hamda xalqaro yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berib, talabalarning ushbu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan