O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi o‘qituvchisi Useinova Susanna Enverovna rahbarligida akademiya talabalaridan, Yablokova Zlata, Kalebleeva Samira, Miretskaya Vladislava, Ganieva Amina, Nurmanov Anvar 2026 yil 20–22 aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasining Astana shahrida bo’lib, Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasi bazasida o‘tkazilgan, Xalqaro raqs kuniga bag‘ishlangan yosh xoreograflar xalqaro tanlovida munosib ishtirok etdilar.
Mazkur nufuzli tanlov turli davlatlardan kelgan iste’dodli yosh xoreograflarni birlashtirib, tajriba almashish, ijodiy muloqot va professional rivojlanish uchun muhim platforma vazifasini o‘tadi.
Mehmonlar uchun Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasi bo‘ylab tanishuv ekskursiyasi tashkil etilib, unda ta’lim muassasasining zamonaviy infratuzilmasi, ijodiy muhiti, talabalar tayyorlash tizimi hamda qozoq milliy raqs san’ati namunalari bilan yaqindan tanishdilar.
Tanlov doirasida tashkil etilgan xalqaro miqyosdagi mahorat darslari o‘zining yuqori professional darajasi, badiiy ifodadorligi, metodik yondashuvi ishtirokchilarga kasbiy bilimlarini boyitish, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va ijodiy salohiyatini kengaytirish imkonini berib, alohida e’tibor qozondi.
Tanlovda akademiya talabalari tomonidan taqdim etilgan “Aql tuzog‘i” nomli sahna asari (sahnalashtiruvchi — Z.S.Yablokova) xalqaro sahnada yuqori saviyada namoyish eltilib, “Umid” maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tanlov doirasida bo’lib o’tgan “San’at oliy ta’lim muassasalarida raqamli transformatsiya: chaqiriqlar va istiqbollar” mavzusidagi ilmiy forumda S.E.Useinova maruza bilan munosib ishtirok etdi.









