Etnomadaniyat forum doirasida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 27-aprel kuni “Etnomadaniyat forumi – Markaziy Osiyo va Rossiya xalqlari madaniyati, san’ati va ijodiyoti festivali” doirasida Urganch shahridagi Madaniyat markazida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Rossiya davlatlarining raqs jamoalari ishtirokida katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Unda, qo‘shni va qardosh Qozog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan – “Saltanat” davlat raqs ansambli o’zining “Qiz quvu” raqs kompozitsiyasi bilan, Qirg‘iziston Respublikasining – “Shattiq” raqs jamoasi “Ko’chmanchilar olami” raqs kompozitsiyasi bilan, Turkmanistonning betakror “Dessan” ijodiy jamoasi “Turkman xalq raqslaridan popuri” raqs kompozitsiyasi bilan, Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan “Davlat akademik Omks rus xalq xori” kompozitsiyasi bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi san’atkori Ruslan Matnazarovning “Lazgi” qo’shig’i va “Orazibon” raqs ansambli bilan ishtirok etdi.

Etnomadaniyat forumi doirasida tashkil etilgan konsert dasturi milliy va jahon madaniyatining rang-barang jihatlarini namoyon etgan yorqin badiiy tadbirlardan biri bo‘ldi. Mazkur konsertda turli hududlardan tashrif buyurgan ijodkorlar, folklor jamoalari va san’at ustalari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdilar.

Dastur davomida milliy kuy-qo‘shiqlar, an’anaviy raqslar hamda zamonaviy sahna talqinlari uyg‘unlashib, madaniyatlararo muloqot va do‘stlik g‘oyalarini aks ettirdi. Har bir chiqish o‘ziga xosligi, sahna bezagi va jonli ijrosi bilan ajralib turdi. Ayniqsa, xalq cholg‘ulari sadolari ostida ijro etilgan kuylar tomoshabinlar qalbida iliq his-tuyg‘ular uyg‘otdi.

Konsert dasturi nafaqat madaniy hordiq bag‘ishladi, balki turli xalqlarning boy merosi va an’analarini keng targ‘ib etishga xizmat qildi. Shu tariqa, etnomadaniyat forumi doirasidagi ushbu tadbir san’at ixlosmandlari uchun haqiqiy bayramga aylandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan