Xivaning «Ichan-Qal’a» majmuasida “Lazgi” III xalqaro raqs festivalining tanlovi bo’lib o’tdi

G’oliblar ertaga 29-aprel kuni festivalning tantanali yopilish marosimida e’lon qilinadi.

Tanlovning ikki kuni davomida 13 ta davlatdan 25 ta jamoa ishtirok etmoqda.

O‘zbekistondan “Buxoro mavjlari” ansambli, Mohira Jovliyeva «Surnay» raqsi bilan, Shohjahon Berdibekov «Bayramona» raqsi bilan, Jaras Joldasbayev «Lagan» raqsi bilan, Shohzod Abdusaidov «Inom» raqsi bilan, Sabrina Shavkatova «Buxoro-bu» raqsi bilan, Yoqutxon Hasanova «Surnay lazgi» raqsi bilan;

Turkiyadan “Anqara davlat sahna san’atlari” ansambli;

Ozarbayjondan Amina Aliyeva «Ag’ chechayim» raqsi va “Səma” raqs ansambli bilan;

Yaponiyadan “Nasrin» – o‘zbek va fors madaniy raqs ansambli;

Qirg‘izistondan Gulnaz Maksutova «Uyg’urcha chinni» va «Uyg’urning do’ppisi» raqsi va Qirg‘iziston Milliy namunali “Shattyk” ansambli bilan;

Qozog‘istondan Murat Karako’z «Yurak kuyi» raqsi va “Saltanat” davlat raqs ansambli bilan;

Rossiyadan “Солнышко” xalq xoreografiya teatr-studiyasi, Davlat akademik Omsk rus xalq xori va yakkaxon ijrochi Karina Kolpakova bilan;

Hindistondan yakkaxon ijrochi Nidhi Misra bilan;

Belarussiyadan “Krijachok” raqs ansambli bilan;

Xitoydan “Beijing dance academy” ansambli bilan;

Turkmanistondan “Dessan” birlashgan raqs jamoasi bilan;

Malayziyadan “Anak seni pandu puteri” ansambli bilan o‘z mahoratlarini namoyish etdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan