Talabalar turar joyidagi sharoitlar va yoshlar bilan ochiq muloqot

Bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuxrat Toxtasimov tomonidan Talabalar turar joyida navbatdagi nazorat uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida talabalar uchun yaratilgan yashash sharoitlari, sanitariya-gigiyena holati, xavfsizlik masalalari hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi va talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

Rektor tomonidan Talabalar turar joyida qulay va zamonaviy muhit yaratish, talabalarning ta’lim olishi hamda ijodiy faoliyati uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning fikr-mulohazalarini inobatga olish hamda Talabalar turar joyidagi tartib-intizom va qulayliklarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan