Xivada bo‘lib o‘tgan III “Lazgi” xalqaro raqs festivali doirasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashabbusi bilan Qozog‘istonning Jumabek Tashenov nomidagi universiteti va Urganch innovatsiyalar universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
O‘zDXA “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi professori H. Hamroyeva fikricha, mazkur hujjat ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqadi.
Memorandum imzolash marosimi samimiy ruhda o‘tib, tomonlar kelgusida madaniyat, ta’lim va ilm-fan sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.





